Koronavirusni aniqlashda OIV modelidan foydalanish kerakmi?

Koronavirusni aniqlashda OIV modelidan foydalanish kerakmi?

“Rossiyada OIV infeksiyasi modeli bo‘yicha koronavirus uchun ommaviy sinov o‘tkazish kerak, bu ko‘pgina virus alomatlarsiz kechayotgan bemorlarning ish joyiga borishiga imkon beradi, dedi OIV infeksiyasini tashxislash va davolash bo‘yicha bosh shtatdan tashqari mutaxassis, Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetining inson viruslari tibbiyot o‘quv-uslubiy markazi direktori Aleksey Mazus.

"Eng muhim strategiya bu juda katta ko‘lamga ega bo‘lgan infeksiyani sinash. Biz o‘tkazayotgan tadqiqotlarda PZR (Polimeraza zanjiri reaksiyasi) vositasi mavjud. Va bu usul yordamida haligacha dunyo diagnostika tizimi keng ko‘lamli massaga yo‘naltirilmagan. Biz dunyodagi hech bir mamlakat uchun texnik jihatdan imkonsiz bo‘lgan populyasiya skriningni tezda amalga oshirishimiz kerak. Ammo bizda boshqa vosita bor... Biz foydalanadigan IFA (Immunofermentli analiz) sinovlar. Qayd etish kerak, Moskva yiliga besh milliondan oshiq OIV testini o‘tkazadi. Butun Rossiya bo‘ylab esa bu ko‘rsatkich 33 millionni tashkil etadi. Shu bois OIV infeksiyasi modelida testlar o‘tkazishimiz samarali usul", dedi Mazus “COVID-19. Rossiya uchun xalqaro tajriba va saboqlar" onlayn-konferensiyasida.

Uning ta’kidlashicha, shundan keyin allaqachon kasal bo‘lgan ko‘plab odamlar ishga chiqishlari mumkin.

"Bu bizga nima beradi? Bu bizga koronavirus bilan allaqachon ushrashgan, ammo bu haqda bilmagan va ishlashda davom etganlarni topishga va nihoyat, keng ko‘lamli testlar natijasida tezroq ushbu virusdan qutilishga imkoniyat beradi”, dedi Mazus.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!