Koronavirusga qarshi dori vositasi 1.350.000 so‘mdan sotilayotganligi ma’lum bo‘ldi

Koronavirusga qarshi dori vositasi 1.350.000 so‘mdan sotilayotganligi ma’lum bo‘ldi

2020 yil 17 oktyabr kuni Transportda XTBB rahbariyatiga fuqaro “N” ariza bilan murojaat qilib, “X” ismli shaxs “COVID-19” virusiga qarshi qo‘llanilayotgan “Remdesivir” dori vositasining har birini 1.350.000 so‘mdan sotayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni soat 19:30 larda Transportda XTBB JQB xodimlari tomonidan Transportda XTBB avtoturargohida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 1996 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Yunusobod tumani 15-mavzeda yashovchi M.X., 1996 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi  M.S., 1987 yilda tug‘ilgan,  Toshkent shahar Yashnobod tumani Aviasozlar 1-mavzesida yashovchi K.R. hamda 1986 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahar Mirobod tumani Chavandoz ko‘chasida yashovchi SH.A.lar, tadbirda “shartli sotib oluvchi” bo‘lib ishtirok etayotgan fuqaro “N”ga 60 dona “Remdesivir for Injection 100mg” (VDREM-100) nomli dori vositalarini 1.350.000 so‘mdan sotib, 60.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni sanab olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan aniqlanib, ushlandi hamda mazkur dori vositalari va 60.000.000 so‘m pullar ashyovish dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!