"Koronavirus o‘chog‘i"da 93 foiz korxonalar ishlab chiqarishni boshlab yubordi

"Koronavirus o‘chog‘i"da  93 foiz korxonalar ishlab chiqarishni boshlab yubordi

Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubey viloyatida qariyb barcha korxonalar ishlab chiqarishni boshladi, dedi rivojlantirish va islohotlar bo‘yicha viloyat qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Se Gaobo.

“31 mart holatida, viloyatdagi 44 918 ta yirik korxonalarning 42 130 tasi allaqachon o‘z faoliyatini boshlab yuborgan.

46,95 million kishi ish joylariga qaytgan, bu ham umumiy ish bilan band bo‘lganlarning 66,3 foizini tashkil etadi.

Uxan shahrida 85,4 foiz korxonalar faoliyatni izga tushirib yubordi, bu yerda xodimlarning 40,4 foizi ishga chiqqan.

Xubey viloyati sog‘liqni saqlash qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, 25 martdan boshlab viloyatga kelish bo‘yicha cheklovlar bekor qilingan edi. Faqat, Uxan shahrining o‘zi bundan mustasno bo‘lib turibdi. Uxan shahridagi karantinni 8 aprelda bekor qilish rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!