Koronavirus fojiasi: Ispaniya Italiyani ortda qoldirdi

Koronavirus fojiasi: Ispaniya Italiyani ortda qoldirdi

Koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Ispaniya Italiyani ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib "Reuters" xabar bermoqda.

Ispaniyada jami 117.710 ta yuqtirish holati qayd etilgan. Virusdan 10.935 kishi vafot etgani ma’lum, 30.513 bemor davolandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada jami 115.242 ta infeksiya holatlari aniqlangan, ammo bu yerda o‘lim hollari ko‘p – deyarli 14 ming. AQSh virus yuqtirganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda - 245.574 kishi koronavirusga chalingan, 6 ming kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!