Koreyaning yirik texnologik kompaniyasi O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtiryapti

Koreyaning yirik texnologik kompaniyasi O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtiryapti

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi mamlakat delegasiyasi amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘ldi. "Dunyo" xabariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari WiseStone kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Yong-Seok Li, WiseStone-T bosh direktori In-Suk Kim hamda KOIIA vakili Sung-Jom Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda WiseStone vakillariga malakali mutaxassislar yetishmasligi muammosini hal etishning mumkin bo‘lgan yechimi sifatida mamlakatning inson kapitali haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Farg‘ona viloyatini koreys tilining yuqori kirib borishi va rivojlangan infratuzilmasi tufayli kelajakdagi WiseStone ofisi uchun potensial joy sifatida ko‘rib chiqish taklif qilindi.

WiseStone kompaniyasi vakillari yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishni va mamlakatning IT landshafti va kadrlar salohiyati bilan yaqindan tanishishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!