Konor Makgregor yozgacha oktagonga qaytmaydi

Konor Makgregor yozgacha oktagonga qaytmaydi

Konor Makgregor yozgacha oktagonga qaytmaydi. Bu haqda UFC prezidenti ma’lum qildi.

ESPN telekanaliga bergan intervyusida Dana Uayt yengil vazn toifasida sobiq chempion o‘zining so‘nggi jangida oyog‘i singanidan hanuz tuzalayotganini aytdi.

"O‘ylaymanki, u yozda qaytib keladi. Hammasi uning oyog‘i qanday tuzalishi va yozgacha sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan millionlab boshqa narsalarga bog‘liq. Konor qo‘ng‘iroq qilib, mashg‘ulotlarni to‘liq boshlaganini va qaytishga tayyorligini aytsa, biz uning variantlarini muhokama qilishni boshlaymiz”, dedi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor oxirgi marta o‘tgan yilning iyul oyida oktagonga kirgan edi. Keyin u Dastin Poryega qarshi jangda texnik nokautga uchradi va oyog‘ini sindirib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!