Kolumbiya terma jamoasi Uzbekistan Airways samolyotlaridan foydalanmoqda

Kolumbiya terma jamoasi Uzbekistan Airways samolyotlaridan foydalanmoqda

Jahon chempionati kunlarida Kolumbiya terma jamoasi futbolchilariga Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK bor jurnali bosh muharriri Baxtiyor Nasimov o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Baxtiyor Nasimovning yozishicha, Kolumbiya futbol federasiyasi Rossiyaning Saransk — Qozon-Samara shaharlari bo‘ylab parvoz qilish uchun "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasiga buyurtma bergan.

"Sputnik"ning yozishicha, futbolchilarning oilalari, jamoa ma’muriyati va ishqibozlar O‘zbekiston samolyotlarida parvoz qilishadi.

"Darvoqe, ular Barselonadan Qozon shahriga ham bizning "Boing-767"da kelishdi. So‘ngra bizning "A-320"da Qozon-Saransk-Qozon yo‘nalishida uchishdi", deb yozadi Nasimov.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!