Kiprda sayyohlar koronavirusdan bepul davolanadi

Kiprda sayyohlar koronavirusdan bepul davolanadi

Kipr keladigan va agarda koronavirus aniqlansa, sayyohlarni davolash uchun pul to‘lashni o‘z zimmasiga oldi.

Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Hukumat koronavirusga chalingan bemorlar va ularning oilalari uchun oziq-ovqat, ichimliklar va dori-darmon xarajatlarini qoplaydi.

Biroq, davlat xizmatlari transport xizmatlari va uyga qaytishda qo‘llanilmaydi.

Chet elliklar birdaniga yuzlab bemorlarni qabul qila oladigan va 200 ta sun’iy nafas olish apparati bilan jihozlangan maxsus kasalxonada davolanadilar.

Kasal turistlarning oila a’zolari va boshqa aloqada bo‘lgan shaxslar 500 xonadan iborat "karantinli mehmonxonada" yashashlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!