KFC sun’iy go‘shtdan tayyorlangan burgerlar sotishni boshlaydi

KFC sun’iy go‘shtdan tayyorlangan burgerlar sotishni boshlaydi

KFC xalqaro restoranlar tarmog‘i Buyuk Britaniyaning bir nechta nuqtalarida bir oy davomida sun’iy go‘shtdan tayyorlangan burgerlarni sotadi, deb xabar berdi CNN. 

The Imposter deb nomlangan burgerlarni 17 iyundan 17 iyulgacha London, Bristol va Midlendsdagi bir nechta restoranlarda sotiladi. Ular tarkibida Quorn deb nomlangan fermentlangan qo‘ziqorindan tayyorlangan tovuq go‘shti o‘rnini bosuvchisi va mayonez bo‘ladi. 

Telekanalning qayd etishicha, taniqli fastfud restoranlarida sun’iy go‘shtdan foydalanish kutilganidan tezroq o‘smoqda. Bu aksariyat iste’molchilarning go‘sht o‘rniga muqobil yemak izlashayotgani bilan bog‘liq.

Aprel va may oylarida Burger King va McDonald's o‘z restoranlarida go‘sht o‘rnini bosuvchilardan foydalanishni boshlagandi.  

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!