Keniyada koronavirusning juda tajovuzkor 16 ta yangi shtammi aniqlandi

Keniyada koronavirusning juda tajovuzkor 16 ta yangi shtammi aniqlandi

Keniyaning janubi-sharqida dunyoning boshqa joylarida hali topilmagan koronavirusning 16 ta shtammi aniqlandi. Bu haqda "East African" gazetasi Keniya instituti mutaxassislariga tayanib xabar bermoqda.

Tadqiqotchilardan biri Charlz Agotining ta’kidlashicha, yangi shtammlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular tez tarqalishi mumkin va kasallikning dastlabki bosqichida yuqtirgan odamda ularni aniqlash juda qiyin.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, Taita okrugida 2020 yil oxirida yangi shtammlar topilgan. Ular yaqinda Janubiy Afrika Respublikasi va Buyuk Britaniyada topilgan koronaviruslarning xavfli turlaridan genetik jihatdan farq qiladi. Shu bilan birga, yangi topilgan to‘rtta shtamm ancha tajovuzkor. 

Shu bois olimlar mamlakat koronavirus tarqalishining portlovchi ssenariysiga duch kelishi mumkin, deb hisoblashmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Keniyada 98 432 kishi koronavirus bilan zararlangan. Ushbu infeksiya oqibatlari tufayli 1716 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Avvalroq, mutaxassislar charchoq va holsizlik, bosh, mushak yoki bo‘g‘imlarda og‘riq ham koronavirus alomatlari bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tishgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!