"Keles" temir yo‘l chegara bojxona postida moddiy boyliklarning qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

"Keles" temir yo‘l chegara bojxona postida moddiy boyliklarning qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Almata-Nukus” hamda “Moskva-Andijon” yo‘nalishidagi xalqaro qatnov poyezdining yo‘lovchilari va ularning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada 167,4 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklarining qonunga xilof ravishda olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi axborot xizmatixabar qildi.

Xususan, yo‘lovchi M.S umumiy qiymati 17,4 mln so‘mlik dori vositalarini  va yo‘lovchi A.Z jami 150,0 mln so‘mga teng bo‘lgan turli xildagi tovar moddiy boyliklarini  bojxona organi xodimlaridan yashirishga urinishgan.

Shu maqsadda, noqonuniy tovarlarni yo‘lovchilarga tarqatib, ularni o‘rindiqlar ostiga joylashtirishgan edi. Ammo bojxonachilarning hushyorligi tufayli mazkur qoidabuzarlik  o‘z vaqtida aniqlandi.    

Hozirda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tovar-moddiy boyliklari huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yilgan va ayni damda tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.  

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!