Karantinda ishga velosiped, skuter yoki taksida qatnash mumkin

Karantinda ishga velosiped, skuter yoki taksida qatnash mumkin

10 iyul – 1 avgustga qadar davom davom etadigan karantin cheklovlari davrida avtotransport vositalari harakatlanishi bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan AOKAda  brifing bo‘lib o‘tmoqda.

IIV YHXBB boshlig‘i Olim Saidov xabar berishicha, karantin davrida fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!