Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan o‘zbekistonlikka shu hafta oxirida javob berilishi mumkin

Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan o‘zbekistonlikka shu hafta oxirida javob berilishi mumkin

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi axborotiga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallangan O‘zbekiston fuqarosi karantinga joylashtirildi. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda va yaqinlarini bezovta qilmaslik uchun o‘z ismini aytmaslikni so‘ragan.

Vatandoshimiz joylashtirilgan tibbiy muassasa bergan ma’lumotga ko‘ra hafta oxirigacha u yana bir qancha nazorat tibbiy ko‘rigidan o‘tadi va shundan so‘ng unga kasalxonadan javob berishi mumkin.

Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolariga murojaat qilishlari mumkin:

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
(+82) 2 574-65-54,   (+82) 2 577-36-60


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!