Fransiyada Olimpiada oldidan teraktlar tayyorlagan bir necha kishi qo‘lga olindi

Fransiyada Olimpiada oldidan teraktlar tayyorlagan bir necha kishi qo‘lga olindi

Parijdagi Olimpiada oldidan teraktlar tayyorlaganlikda gumonlanib bir necha kishi qo‘lga olindi.

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin BFMTV telekanalida, Bastiliyani ishg‘ol qilish kuni (14 iyul) va Olimpiada o‘yinlari boshlanishidan oldin teraktlar tayyorlayotgani gumon qilingan bir necha kishi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

“Biz saylovoldi tashviqotini olib borayotganimiz sabab bu haqda so‘nggi kunlarda gaplashmadik. Lekin nimadir rejalashtirayotgan va terrorchilik aktlarini tayyorlashda gumonlangan shaxslarni qo‘lga oldik.

Yirik tadbirlar xavfsizligini ta’minlashga tayyorlanmoqdamiz. Terror hujumi nafaqat Olimpiada o‘yinlari vaqtida sodir bo‘ladi, balki har qanday vaqtda sodir bo‘lishi mumkin, biz doim hushyormiz”, — dedi Darmanen.

Ma’lumot uchun, Parijdagi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!