Bektemir Meliqo‘ziyev yana ringga ko‘tariladi

Bektemir Meliqo‘ziyev yana ringga ko‘tariladi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyevning keyingi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi.

Meliqo‘ziyevning keyingi jangi 10 avgust kuni Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Boxingscene.

Hozircha, Bektemirning raqibi nomi aniq emas.

O‘zbekistonlik bokschining o‘z Saul Alvaresga qarshi jang yoki WBA ikkinchi darajali kamari uchun jangga umid qilgan holda top-10 talikdan raqib kutmoqda.

“Men uchun kim bilan jang qilishning farqi yo‘q. Qaytganimdan xursandman. Har qanday raqibga qarshi jang uchun tayyorman”, — deydi Bektemir.

Meliqo‘ziyev aprel oyida fransiyalik Pyer Yuber Dibombega qarshi jang qilib, ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!