Buxoro va Navoiy viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.A. fuqaro M.X.dan jami 3 ming dollarni 37,5 million so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.S. fuqaro O.A.ga jami 3 ming dollarni 38 million so‘mga sotishga kelishib, oldindan 1,3 ming dollarni berib, 38 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Shuningdek, Buxoro va Xorazm viloyatlarida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!