Jahonda oltin narxi eng past darajaga tushdi

Jahonda oltin narxi eng past darajaga tushdi

Jahonda oltin narxi pasayishda davom etmoqda. Metall 2020 yilning bahoridan beri AQSh Federal zaxira tizimining (Fed) asosiy foiz stavkasi hajmi bo‘yicha qarori oldidan yana eng past darajaga tushdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Nyu-York tovar birjasida oltin uchun dekabr shartnomalari kotirovkalari 0,5 foizga pasayib, bir troya unsiyasi uchun 1 675,2 dollarni tashkil qildi.

Dekabrda uchun shartnomalarda esa kumush 0,3 foizga oshib, unsiya uchun 19,44 dollar atrofida sotiladi.

Fed yig‘ilishidan oldingi davr oltin uchun juda salbiydir. Ammo hozir bosim biroz pasaygan. Ehtimol, qaror qabul qilinishidan oldin narxlar barqarorlashadi, — deb yozadi OANDA katta bozor tahlilchisi Edvard Moya.

Fedning navbatdagi yig‘ilishi 20—21 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bozor AQSh Markaziy banki stavkalarni kamida 75 bazaviy punktga oshirishiga ishonmoqda. Ba’zi tahlilchilarning fikricha, bu o‘sish hatto 100 bazaviy punkt bo‘lishi ham mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!