Ispaniya qiroli 10 kunlik karantinga olindi

Ispaniya qiroli 10 kunlik karantinga olindi

Ispaniya qiroli Filipp VI 23 noyabr kunidan boshlab 10 kunlik karantin rejimiga o‘tdi, deb xabar bermoqda «Kommersant».

Ma’lum qilinishicha, qirol koronavirusga chalingan odam bilan muloqotda bo‘lgan. Hodisa 22 noyabr yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan. Qirol aniq kim bilan uchrashgani haqida ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, bemor odam bilan muloqotda bo‘lganidan keyin qirolning o‘zi koronavirus testini o‘tkazganmi yoki yo‘qmi aniqlanmagan. Uning ishtirokidagi barcha tadbirlar bekor qilingan.

Ispaniya hukumati 25 oktyabr kuni koronavirus tarqalishi sababli yuqori ogohlantirish rejimini joriy qildi. Mamlakatda soat 23:00 dan keyin komendantlik soati amal qiladi hamda olti kishidan ko‘proq odam bir joyga yig‘ilishi taqiqlanadi. Keyinroq mamlakatdagi favqulodda holat rejimi 2021 yilning may oyigacha uzaytirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!