Islom Karimovning birinchi mukofoti kimga nasib etganini bilasizmi? (Video)

Islom Karimovning birinchi mukofoti kimga nasib etganini bilasizmi? (Video)

2019 yil 29 yanvar. Toshkent, Oqsaroy. O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston Xalq artisti Yodgor Sa’diyev  O‘zbekistonning Birinchi Prezidentiga bag‘ishlangan xotira kechasida Islom Karimov haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ollohimning bu yurtga nazari tushmaganida bundan 30 yil ilgari bizga Islom Karimovni bermasdi. Mana shu ham Ollohimning shu yurtga nazari tushganidan dalolat berib turibdi”.

Yodgor Sa’diyev 1989 yil 5 noyabrdagi Hamza davlat mukofotini taqdirlash marosimini esladi:

“Mukofotni Islom Karimovning shaxsan o‘zlari topshirib turib aytdilarki,  — Yodgorbek bu birinchisi ekan a? — dedilar.

— Ha, Islom Abdug‘aniyevich, birinchisi desam, sekin kulib, qulog‘imga menam birinchi marta topshiryapman, -dedilar.
Bu inson oddiy, sodda hamda juda ham iymonli inson edi. Har bir gaplari, har bir chiqishlarida iymonni eslatib o‘tardi. Sababi bu yurtda iymonli insonlar yashashligini har safar ta’kidlab o‘tardilar.

Men deyarli barcha mukofotlarimni Islom Karimovning shaxsan o‘z qo‘llaridan olganman, bu men uchun judayam faxrli.
2001 yil 21 sentyabrda bizning teatrimizga juda katta xalqqa yaqin qiladigan ya’ni, “O‘zbek Milliy akademik drama teatri” nomni berdilar.

Bu yurtga Ollohning nazari tushganning yana bir isboti mana vafotlaridan so‘ng shogirdlari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni o‘zimiz prezident qilib saylab oldik. Ustozga qilgan, xalqqa bo‘lgan e’zozni butun dunyo kelib, Hazrati xizr maqbarasida ko‘ryapti. Bugungi kungacha, to qorong‘i tushguncha odam ariyyatgani yo‘q. Ana shunday ajoyib, bag‘ri keng inson edi, bizning Birinchi Prezidentimiz.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlanib yaratilagn «birinchi-prezident.uz» sayti orqali ma’lum qilindi.

O‘zbekka bosh egsam arziydi chunki,
Amir Temur kabi bobolari bor.
Yurtiga bo‘lgan fidoyi Birinchi Prezidentim,
Islom Karimovdek buyuklari bor”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!