Indoneziya mamlakatga chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun ikki fuqarolikni taklif qilishi mumkin

Indoneziya mamlakatga chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun ikki fuqarolikni taklif qilishi mumkin

Indoneziya hukumati davlatga malakali ishchilarni jalb qilish uchun asli kelib chiqishi indoneziyalik bo‘lgan kishilarga ikki tomonlama fuqarolikni taklif qilishi mumkin, dedi mamlakat Vazirlar Mahkamasining yuqori martabali mulozimi Luxut Pandjaytan. Bu haqda “The Jakarta Post” nashri xabar bermoqda.

– Biz Indoneziya diasporasiga ushbu taklif bilan chiqyapmiz va ularga tez orada ikki fuqarolik huquqini beramiz, -dedi u. – Menimcha, bu tashabbus aqlli va ishchan indoneziyaliklarni ortga qaytaradi.

Mamlakat qonunlariga ko‘ra, Indoneziya katta yoshli fuqarolar uchun ikki fuqarolikni tan olmaydi. Ikkita pasportga ega bo‘lgan bola 18 yoshga to‘lgach, birini tanlashi va ikkinchisidan voz kechishi kerak.

Immigrasiya Bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yildan 2023 yilgacha 4 mingdan ortiq indoneziyalik Singapur fuqaroligiga aylangan.

Ikki fuqarolik mavzusi 2016 yilda Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo AQSh va Indoneziya pasportiga ega bo‘lganligi haqidagi xabarlardan keyin bir qancha bahs-munozaralarga sabab bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!