Zelenskiy Ukraina NATOga qachon qo‘shilishini aytdi

Zelenskiy Ukraina NATOga qachon qo‘shilishini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, Ukraina Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozonmaguncha NATOga a’zo bo‘la olmaydi. Bu haqda u alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg va NATO standartlari bo‘yicha professional harbiy ta’lim kurslaridan o‘tayotgan zobitlar bilan uchrashuvda aytdi.

«Shaxsiy fikrimcha, biz g‘alaba qozonganimizdagina NATOga a’zo bo‘lamiz. Urush paytida biz NATOga qabul qilinamiz, deb o‘ylamayman. Bu ba’zi NATO a’zolari uchun xavf, boshqalari esa bunga shubha bilan qarashadi. Ukrainani siyosiy jihatdan alyansga qabul qilish uchun esa g‘alaba kerak», — dedi Zelenskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!