“Hollywood” filmlaridan ruxsatsiz foydalangan fuqaro jarimaga tortildi

“Hollywood”  filmlaridan ruxsatsiz foydalangan fuqaro jarimaga tortildi

Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida fuqaro T.B tomonidan «VONKA» va «AKVAMEN I POTERYANNOYE SARSTVO» filmlarining ovozi ular kinoteatrda namoyish etilayotgan vaqtda uyali telefonga yozib olinganligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan filmning ovozi va videotasviri birlashtirilib internet orqali barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro T.B. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonuni 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’iy nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!