Shoygu: NATO qo‘shinlari Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda

Shoygu: NATO qo‘shinlari Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda

NATO qo‘shinlari Rossiya chegaralariga yaqinlashmoqda.

Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) davlatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu harbiy xavfsizlikka qo‘shimcha tahdiddir: «Endi ular Rossiyani Ukrainada to‘xtatib qo‘yilmasa, Alyans mamlakatlariga hujum qiladi, deyishadi. Holbuki, bizga yaqinlashgan ulardir».

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya boshqa davlatlarning ishlariga aralashmaslik siyosatiga amal qiladi: «Shu bilan birga, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin NATOning Sharqqa ekspansiyasi davom etmoqda. Ammo 1990 yillarda bizga bunday bo‘lmaydi, deb va’da qilingan edi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!