O‘zbekistonda aholi davlatga elektr sotib foyda qilishi mumkin

O‘zbekistonda aholi davlatga elektr sotib foyda qilishi mumkin

Aholining quyosh paneli o‘rnatishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida joriy qilingan “Quyoshli xonadon” dasturiga ko‘ra, quyosh paneli o‘rnatgan aholidan har bir kVt·soat elektrni 1000 so‘mdan sotib olish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda 11 mingga yaqin xonadon egalari bu imkoniyatdan samarali foydalanyapti.

Shuningdek, xonadonlarga quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatishda jismoniy shaxslarga bir qator imtiyozlar joriy qilinmoqda. Jismoniy shaxslar uchun quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalarini onlayn sotib olish imkonini beruvchi platforma – https://energymarket.uz ishga tushirilgan.

Ushbu qurilmalarni ikki xil usulda xarid qilish mumkin. Birinchisi, 3 yil muddatda foizsiz (0%) bo‘lib-bo‘lib to‘lagan holda. Ikkinchisi, to‘liq sotib olish orqali. To‘liq sotib olganda, iste’molchiga quvvatiga qarab davlat tomonidan kompensasiya beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!