Kanadalik talabalar Isroilga qarshi lager qurdi

Kanadalik talabalar Isroilga qarshi lager qurdi

Kanadaning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Makgill universitetining o‘nlab talabalari Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun miting o‘tkazish uchun kampusda chodir lageri tashkil qildi. Bu haqda CBC telekanaliga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, 27 aprel kuni Falastin bayroqlari tushirilgan 20 ga yaqin chodir o‘rnatilgan bo‘lsa, 29 aprelda ularning soni 3 baravar ko‘paygan. Shu tariqa, telekanalning qayd etishicha, kanadalik talabalar AQShda bo‘lib o‘tayotgan shunga o‘xshash aksiyalarni qo‘llab-quvvatlagan.

Universitet rahbariyati nashr etilgan bayonotda namoyishchilarning aksariyati haqiqatan ham ushbu universitet talabalari ekanligini tasdiqladi. Uning rahbariyati ba’zi namoyishchilar antisemitizm ritorikasini ochiqdan-ochiq ishlatayotgani haqida video dalillarga ega. Hozircha talabalarga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!