Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat xizmatini ko‘rsatishga autsorsing asosida tadbirkorlar jalb qilinadi

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat xizmatini ko‘rsatishga autsorsing asosida tadbirkorlar jalb qilinadi

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat xizmatini ko‘rsatishga autsorsing asosida tadbirkorlar jalb qilinadi.

Qarorga ko‘ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida:

🔹 2024 yil 1 iyuldan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan loyihalar bo‘yicha jalb qilinadigan yordamchi pudrat tashkilotlari ro‘yxatga olinadi;

🔹tender savdolari oferentlari tomonidan takliflar to‘liq raqamlashtirilgan holda kiritiladi;

🔹har oyda kamida bir marotaba davlat dasturlariga kiritilgan ob’ektlardagi qurilish jarayonining joriy holati bo‘yicha fotosuratlar joylashtirib boriladi.

Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari bo‘yicha texnik nazorat xizmatini ko‘rsatishga quyidagi ob’ektlarda autsorsing asosida tadbirkorlarni jalb qilishga ruxsat beriladi:

🔸2025 yil 1 yanvardan – tajriba tariqasida qurilish (ta’mirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida;

🔸2026 yil 1 yanvardan – boshqa qurilish (ta’mirlash) ob’ektlarida (davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar bundan mustasno).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!