TIVda Germaniya Bundestagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda Germaniya Bundestagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024 yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya Bundestagining “Germaniya-Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi o‘rinbosari Manfred Grund bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida parlamentlararo muloqotni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan holda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mehnat migrasiyasi va ta’lim sohasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Muzokaralar kun tartibidan turli daraja va shakldagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga doir masalalar ham o‘rin oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!