Shahrisabzdagi qishloqda bo‘ri paydo bo‘lgani aytilmoqda

Shahrisabzdagi qishloqda bo‘ri paydo bo‘lgani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi qishloqda bo‘ri paydo bo‘lgani xabar berildi. Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan Mashrab Esonovning aytishicha, yirtqich Saksonkapa qishlog‘idagi aholi hovlilariga qadar kirib borgan.

Kecha onam hovliga chiqsa, uyimiz yoniga bo‘ri kelib turgan ekan. Toshni olib, otishga uringach, qochib ketgan, — deydi suhbatdosh.

Uning bildirishicha, qishloqqa bo‘ri oralaganiga bir oy bo‘lgan.

Shu paytga qadar hech kimga, hech qaysi tashkilotga murojaat qilinmagan. Ular ham kelishmadi. Ammo profilaktika inspektori bundan xabardor bo‘lgan. Boisi qishlog‘imizning Telegram kanali bor-da. Shu kanalda barcha ma’lumotlar chiqardi, — deydi Mashrab Esonov.

Aholining ma’lumot berishicha, bo‘rilar shu paytga qadar 8 ta xonadonning 19 bosh qo‘yini bo‘g‘izlagan, 7 ta kurkasini yeyishga uringan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!