Londonda noma’lum shaxs qilich bilan odamlarga hujum qildi va odamlarni yaraladi

Londonda noma’lum shaxs qilich bilan odamlarga hujum qildi va odamlarni yaraladi

Buyuk Britaniya poytaxti Londonning shimoli-sharqida qilich bilan qurollangan shaxsning hujumi natijasida bir necha kishi jarohatlandi.

Bu haqda London polisiyasi ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

Qayd etilishicha, voqea «Heynolt» metro bekati hududida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs avtomobilni binoga urib yuborgan, shundan so‘ng u sovuq qurol bilan o‘tkinchilar va ikki polisiyachiga hujum qilgan.

Qayd etilishicha, voqea joyida 36 yoshli erkak qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!