"Barselona" Roke borasida bir qarorga keldi

"Barselona" Roke borasida bir qarorga keldi

"Barselona"ning markaziy hujumchi Vitor Roke borasidagi rejalari ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Ferran Korreaning xabar berishicha, Kataloniya klubi braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida ijaraga berishga qaror qilgan.

Ma’lum qilinishicha, yaqin vaqt ichida "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati 19 yoshli forvardni o‘z qarori haqida xabardor qiladi. Roke o‘tgan qishda "Barselona"ga o‘tgan edi.

Kataloniyalik futbolchi barcha turnirlarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Rokening "Barselona" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!