Polshaning YEIga a’zoligi 20 yil ichida mamlakatga 161 mlrd yevrodan ko‘proq foyda keltirgan

Polshaning YEIga a’zoligi 20 yil ichida mamlakatga 161 mlrd yevrodan ko‘proq foyda keltirgan

Polshaning Evropa Ittifoqida bo‘lishdan ko‘rgan moliyaviy foydasi 161 milliard yevrodan oshdi.


Unga ko‘ra, Varshava 2004 yildan beri Bryusseldan 245,5 milliard yevro olgan, bu vaqt davomida Polsha badallari jami 83,7 milliard yevroni tashkil etgan bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi 20 yil davomida Polshaga «sof» 161,8 milliard yevro sarflagan. Bryussel moliyaviy in’eksiyalarining uchdan ikki qismi mamlakat energetika va transport infratuzilmasini modernizasiya qilishga yo‘naltirildi, qolgan mablag‘lar Evropa Ittifoqining umumiy qishloq xo‘jaligi siyosati doirasida ajratildi.

Mart oyi boshida Yevrokomissiya (EI) mamlakat sud-huquq tizimining mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar boshlanishi munosabati bilan Polsha uchun YEI budjetidan 137 milliard yevrogacha mablag‘ ajratishga qaror qildi. EK tushuntirganidek, Polsha Pandemiyani tiklash jamg‘armasidan 59,8 milliard evro va birlashish jamg‘armalaridan 76,5 milliard evro oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!