“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning birinchi raqamli oliygohida amaliyot o‘tashadi

“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning birinchi raqamli oliygohida amaliyot o‘tashadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Massachusetts texnologiya instituti MIT J-WEL bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot yakunida ikki tomonlama kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra “Yangi O‘zbekiston” universiteti MIT J-WEL ning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etildi. Endilikda universitet talabalari dunyoning eng nufuzli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Bunda talabalar MIT professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etiladigan darslarda ishtirok etishlari, ilmiy tadqiqotlar olib borishlari, o‘z loyihalarini yanada rivojlantirishlari va MIT laboratoriyalarida eksperimentlar o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Loyihaning yana bir afzalligi shundaki, talabalar MIT da tahsil oladigan tengdoshlari bilan yaqin aloqalar o‘rnatib, doimiy tajriba almashib borishadi.

Umuman, hamkorlik munosabatlari ta’lim sifati hamda professor-o‘qituvchilar salohiyatini yanada oshirish, talabalar uchun keng imkoniyatlar yaratish va “Yangi O‘zbekiston” universitetining xalqaro maydondagi obro‘yini mustahkamlashga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!