Indoneziya bundan ham ko‘proq turk dronlarini sotib olmoqchi

Indoneziya bundan ham ko‘proq turk dronlarini sotib olmoqchi



Indoneziya Quruqlik kuchlari qo‘mondon o‘rinbosari general-leytenant Tande Budi Revita va uning delegasiyasi Turkiyadagi O‘zdemir Bayraktar Milliy Texnologiya Markazida bo‘lib, Baykar Makina texnik direktori Selchuk Bayraktar tomonidan kutib olindi.

Avvalroq Indoneziya Mudofaa vazirligi X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida AKINCI hujumchi uchuvchisiz uchish apparati va ANKA hujumchi uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish istagi borligini ma’lum qilgan edi.

«Yaqinda bizning admiralimiz Muhammad Ali dengiz flotini rivojlantirish rejalari, jumladan, Turkiyaning BAYKAR va TUSAŞ kompaniyasidan AKINCI va ANKA modellaridan uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olish rejalarini e’lon qildi», — deyiladi nashrda.

✈️ Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Indoneziya TUSAŞ (TAI) dan 300 million dollarlik 12 ta ANKA PUA sotib olganini e’lon qilgan edi.

12 ta ANKA 2025 yilning noyabrigacha yetkazib berilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!