Ikki haftadan keyin AQShda fuqarolarga moliyaviy yordam ko‘rsatish boshlanadi

Ikki haftadan keyin AQShda fuqarolarga moliyaviy yordam ko‘rsatish boshlanadi

AQSh Moliya vazirligi rahbari Stiven Mnuchin ikki haftadan keyin mamlakat fuqarolariga moliyaviy yordam ko‘rsatish boshlanishini e’lon qildi. Ushbu chora koronavirusning yangi turi tufayli yuzaga kelgan inqiroz munosabati bilan qabul qilindi.

"Ikki haftadan keyin birinchi to‘lovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga o‘tkazilishini e’lon qilishdan mamnunman", dedi vazir jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida.

Soliq xizmatida hisob ma’lumotlari bo‘lmagan fuqarolar ularni sayt orqali topshirishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!