IIV qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan 19 yoshli yigit voqeasi bo‘yicha munosabat bildirdi

IIV qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan 19 yoshli yigit voqeasi bo‘yicha munosabat bildirdi

Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryodagi qamoqxonada o‘z joniga qasd qilgan 19 yoshli yigit voqeasi yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 avgust kuni o‘zini O‘zbekiston inson huquqlari Ezgulik jamiyati raisi deb faoliyat ko‘rsatayotgan Abdurahmon Tashanov Facebook sahifasida Qarshi shahar, Shayhali qishlog‘i 35-sonli manzil koloniyada 19 yoshli mahkum Jasur Dexqonov o‘z joniga qasd qilganligi, koloniya xodimlari uni videotasvirga olib, uni izza qilib, ustidan kulganligi, keyinchalik bu holat yuzasidan Qashqadaryo maxsus prokurori ish qo‘zg‘atganligi haqidagi xabarni tarqatgan.

“Bu xabar bilan A.Tashanov go‘yoki JIEMlarida mahkumlarning huquqlari buzilishi davom etayotganligini ko‘rsatmoqchi bo‘lganligi ayon. Bu xabarni bir nechta internet nashrlari ko‘chirib olib, A.Tashanovni manba sifatida ko‘rsatib, tarqatishgan. Endi savol tug‘iladi, bu xabar qanchalik haqiqatga mos? Nima uchun mazkur xabar, mutasaddi xodimlar orqali tekshirilmadi?

Ma’lumot o‘rnida, mahkum, 2002 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan J.Dexqonov muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 109-moddasi 2-qismi, 112-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, hozirda 166-moddasi 2-qismi bilan sudlanib, 3 yilu 6 oy jazo muddatini o‘tamoqda.

U, 4-mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasiga 2021 yilda 9-son Tergov hibsxonasidan o‘tkazilgan. Mahkum koloniyada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, «O‘tkazilgan bosh miya jarohatidan keyingi anamneziya» mavjudligi aniqlanib, dispanser nazoratiga olingan”, deyiladi munosabatda.

Ta’kidlanishicha, mutaxassis psixologlarining birlamchi xulosasida, mahkum J.Dexqonov yuklamaga bebardoshligi, negativ xulqqa ega ekani, boshqalar bilan bo‘lgan munosabatlarda o‘zini boshqara olmasligi, axloq qoidalariga zid keladigan xatti-harakatlar sodir etishga moyilligi, tartib qoidalarga rioya etmasligi, qiyinchiliklarga bardosh bera olmasligi, hissiyotini jilovlay olmasdan salbiy xatti-harakatlar sodir etishi mumkinligi qayd etib o‘tilgan.

“Mahkum J.Dexqonov joriy yilning 20 avgust kuni koloniyada joylashgan savdo do‘koniga mahsulot xarid qilish uchun kirib, u yerda bo‘lgan ikki nafar koloniya xodimlari bilan «senlar meni ortimdan kuzatib yuribsanlarmi» deb janjal uyushtirgan.

Shunda u, darhol tartib saqlamasa, intizomiy chora ko‘rilishi haqida ogohlantirilganidan so‘ng, jazavaga tushib, do‘kon oldiga yugurib chiqib, cho‘ntagida bo‘lgan soqol olish uchun mo‘ljallangan temir bo‘lagi (lezviYE) bilan qornini va qo‘llarini 3-4 marotaba tilib, o‘ziga yengil shikast yetkazgan. O‘ziga tan jarohatini yetkazish holatlari J.Dexqonovda ilgari ham kuzatilgan”, deyiladi IIV munosabatida.

Mahkum J.Dexqonovning harakatlariga qonuniy baho berilib, unga nisbatan o‘rnatilgan tartibda jazo choralari ko‘riladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!