Huawei P30 Pro shaxsiy ma’lumotlaringizni yashirincha Xitoyga uzatar ekan!

Huawei P30 Pro shaxsiy ma’lumotlaringizni yashirincha Xitoyga uzatar ekan!

OCWorkbench resursining yozishicha, xitoylik texnogigantning yangi Huawei P30 Pro flagmani josuslik qilar ekan. ExploitWareLabs ekspertlar guruhi ushbu smartfonning fon rejimida Xitoy hukumat serverlariga so‘rov yuborib turishini aniqlashgan.Garchi foydalanuvchi Huawei servislaridan birortasiga obuna bo‘lmasa-da, so‘rov yuborish ishlarini smartfon maxfiy tarzda va fon rejimida amalga oshiradi. Nafaqat so‘rovlar, balki Huawei P30 Pro shaxsiy ma’lumotlarni ham jo‘natishi mumkin. Ushbu serverlar ro‘yxatida esa Xitoy hukumatining tarmoq xavfsizligi bo‘limiga qarashli beian.gov.cn ham mavjud.Shuningdek, ro‘yxatda yana china.com.cn manzili ham ko‘p uchraydi, u esa Xitoyning Axborot internet-markazi nazorati ostidadir.

OCWorkbench xabariga ko‘ra, tekshirib ko‘rilgan Huawei P30 Pro smartfonining biror hududga mansubligi haqida ayni damda biror ma’lumot yo‘q. Ehtimol, bu flagmanning Xitoyning o‘zida sotishga mo‘ljallangan versiyasidir, lekin baribir fondagi faollik ishlab chiqaruvchiga nisbatan ishonchga soya soladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!