Hindistonda parlament saylovlari boshlandi

Hindistonda parlament saylovlari boshlandi

Kecha, 19 aprel sanasida Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari boshlandi. Bu haqda “RIO Novosti” ma’lum qildi.

28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududlarida ovoz berish jarayoni yetti bosqichdan iborat bo‘ladi va unda 968 million nafar ro‘yxatga olingan saylovchilar qatnashishi kutilmoqda.

Bosh saylov komissari Rajiv Kumarning ma’lum qilishicha, Hindiston parlamenti quyi palatasiga saylovlar 19 apreldan 1 iyunga qadar davom etadi. Ovozlarni sanash 4 iyunda yakuniga yetkaziladi.

Hindiston quyi palatasiga so‘nggi saylovlar 2019 yilda o‘tkazilgan. Ovoz berish 11 aprelda boshlanib, yakuniy natijalar 23 mayda e’lon qilingandi. O‘shanda qatorasiga ikkinchi marta «Bxaratiya Janata» partiyasi g‘alaba qozongan, uning yetakchisi Narendra Modi yana mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagandi.

Ta’kidlash kerakki, Narendra Modi uchinchi marta bosh vazir lavozimi uchun kurashmoqda va hatto 2019 yilgidan ko‘proq ovoz to‘plashga ishonchi komil.

Parlament saylovida amaldagi hukmron “Bxaratiya janata parti” va unga asosiy muxolif siyosiy kuch bo‘lgan “Hindiston milliy kongressi” partiyasi a’zolari asosiy raqobat olib boradi.

Ma’lumot uchun, 1 iyunda yakunlanadigan mazkur saylov dunyodagi eng uzoq vaqt davom etadigan siyosiy tadbir bo‘ladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!