Gvardiolaga faqat g‘alabalar kerak

Gvardiolaga faqat g‘alabalar kerak

Pep Gvardiola “Manchester Siti” qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishi kerakligini aytdi.

Arsenal” yana ochko yo‘qotadi, deb o‘ylamayman. Bu avvalgi “Liverpul” bilan bo‘lgan vaziyatga o‘xshaydi.

Oldinda 4 ta o‘yin bor, bu xuddi baland toqqa chiqishdek gap. Agar birorta o‘yinda durang o‘ynasak ham, chempionlikni qo‘lga kirita olmaymiz, — deya “shaharliklar” ustozining so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Premyer-ligada “Arsenal” 35 o‘yinda 80 ochko to‘plab peshqadamlik qilmoqda. “Man Siti” 79 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Manchester klubining zaxirasida yana bir o‘yin mavjud.

“Manchester Siti” APL doirasida keyingi uchrashuvni “Vulverxempton” klubiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 4 may kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!