G‘oyib bo‘lgan xitoylik tennischi qiz ko‘rinish berdi. U amaldorni nomusga tegishda ayblagandi

G‘oyib bo‘lgan xitoylik tennischi qiz ko‘rinish berdi. U amaldorni nomusga tegishda ayblagandi

Yo‘qolgan xitoylik tennischi Pen Shuay uch hafta ichida birinchi marta omma oldida paydo bo‘ldi. Sportchi Pekindagi turnirning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Xitoyning Global Times davlat nashri bosh muharriri Xu Szinszin sportchi bilan videoni faqatgina Twitter’dagi sahifasida e’lon qildi, unga kirish XXR hududidan bloklangan.

Peng Shuai o‘z ismini e’lon qilar ekan, biroz qotib qolgan ko‘rindi va qo‘li bilan tomoshabinlar bilan salomlashdi va tomoshabinlarga ta’zim qildi.

2 noyabr kuni Peng Shuay o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Xitoy partiyasi va hukumatining yuqori martabali amaldorini intim munosabatlarga majburlashda ayblagan xabarni joylashtirdi.

Biroz vaqt o‘tgach, xabar o‘chirildi, ammo uning mazmuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Shundan so‘ng, 35 yoshli sportchining sahifasidagi izohlar o‘chirib qo‘yildi va sahifaning o‘zi “Weibo” va “Baidu” (Xitoyda bloklangan Google qidiruv tizimining analogi) qidiruvlarida ko‘rsatilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!