Gollivudning eng mashhur yana bir juftligi ajrashdi

Gollivudning eng mashhur yana bir juftligi ajrashdi

Irina Sheyk va Bredli Kuper to‘rt yildan beri birga edilar. Ularning romantik munosabatlari va o‘rtalaridagi hurmatga hammaning havasi kelardi. Oilani esa shiringina Leya ismli qizaloq mustahkamlab turardi.

Ammo yaqinda barcha xorijiy ommaviy axborot vositalarida Sheyk va Kuperning rasman ajrashganligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu haqiqat juftlikning ko‘plab muxlislarini hayratga soldi. Ba’zilar esa bundan juda xafa bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Irina va Bredli oxirgi marta birgalikda joriy yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan Oskar marosimida ko‘rinishgan edi.

Ammo aytish kerakki, Bredlining yashirin ishqiy munosabati haqidagi mish-mishlar o‘sha paytdayoq avj olgandi. Uning keyingi sevgilisi Ledi Gaga deya taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!