GM Uzbekistan yana bir avtosalon rahbarini ishdan oldi

GM Uzbekistan yana bir avtosalon rahbarini ishdan oldi

GM Uzbekistan tomonidan AS-Jizzaxservis sho‘’ba korxonasi tekshiruvdan o‘tkazdi, deb xabar qildi ushbu kompaniya matbuot xizmati.

Tekshiruv davomida dilerlik korxonalarining faoliyatini tekshirish tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi namoyon bo‘ldi.

Xususan, mazkur avtosalon faoliyati yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslardan bir qator murojaatlar kelib tushganligi, murojaatlar avtosalonning mijozlarga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lish hamda korrupsion harakatlar bilan bog‘liqligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, avtosalonda sotuv jarayonlari shaffofligini ta’minlaydigan va avtomobil sotib olayotgan mijozlarga qulay sharoit yaratuvchi tizimli ishlar tashkil qilinmagan.

Mijozlar bilan muloqotda avtosalon xodimlarining malakasizligi belgilangan tartibga mos kelmagan.

Avtosalonda axborotlar doimiy ravishda yangilanmagani, korxonada Koll-markaz faoliyatining tegishlicha tashkil etilmaganligi xaridorlarga avtomobil xaridi jarayonida bir qator noqulayliklar tug‘dirgan , - deyilgan xabarda.

Qayd etilgan holatlar natijasida AS-Jizzaxservis sho‘’ba korxonasi rahbari egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Mavjud kamchilik va xatolarni bartaraf etish yangi rahbar zimmasiga yuklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!