Gitler nega atom bombasini yarata olmagan?

Gitler nega atom bombasini yarata olmagan?

Gitler Germaniyasi o‘z yadro qurolini yarata olmadi, chunki uning rahbariyati bu vazifani ustuvor deb hisoblamadi, nemis atomchi olimlar esa buning uchun katta moliyalashtirishni so‘ramadi.

Bu haqda RIA Novostiga "Kurchatov instituti" Milliy tadqiqot markazi direktori maslahatchisi va milliy yadro loyihasi tarixchisi Andrey Gagarinskiy ma’lum qildi.

“Germaniya rahbariyati buni ustuvor deb hisoblamadi va uni cheklangan doirada olib borishga qaror qildi. Gitler atom dasturiga mas’ul bo‘lgan olimlarni hech qachon qabul qilmadi. Buning uchun vaqt ham yetmadi”, - dedi Gagarinskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1945 yil mayda yadro reaktorini ishga tushirish bo‘yicha so‘nggi “hal qiluvchi”, ammo muvaffaqiyatsiz tajribani taniqli nemis olim Verner Geyzenberg amalga oshirgan.

Shundan so‘ng olim yana mablag‘ so‘rashga botina olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!