Germaniya kansleri Angela Merkel karantindan chiqdi

Germaniya kansleri Angela Merkel karantindan chiqdi

Germaniya kansleri Angela Merkel ikki haftalik karantindan keyin undan chiqishga qaror qildi va yana ishiga kirishdi. Bu haqda 3 aprel, juma kuni Germaniya Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Shtefen Zaybert ma’lum qildi.

Merkel 20 mart kuni unga emdori qilgan shifokorda koronavirus aniqlangach, darhol o‘zini izolyasiya qilishga qaror qilib, 22 martdan karantinga ketgan va uyidan ishlashni davom ettirgan. 

23 mart kuni kansler xonim koronavirus sinovidan o‘tdi. Markelning so‘zlariga ko‘ra, "Robert Kox institutining tavsiyalari" uni bajarishga undagan.

Angela Merkel koronavirus infekqiya har qanday odamga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!