G‘allaning minimal narxi e’lon qilindi

G‘allaning minimal narxi e’lon qilindi

G‘allaning kutilayotgan minimal narxi 1 tonna uchun 3 mln so‘m deb belgilandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Aytilishicha, 1 iyuldan boshlab fermer va klasterlar bug‘doyni bozor narxlarida sotuvga qo‘yadi. Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi jahon narxlari tahlili asosida g‘allaning kutilayotgan minimal narxini e’lon qildi.

Iyul-avgust oylarida birjada shakllangan o‘rtacha narxlardan kelib chiqib, fermerlarga ijobiy farq to‘lab beriladi.

Agar avgust oyida birja narxi 1 tonna uchun 3,5 mln so‘m bo‘lsa, fermerga to‘lab beriladigan narx 500 ming so‘m etib belgindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 iyundan boshlab g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlariga o‘tilishi haqida xabar berilgandi. Bu yilda ushbu maqsadlar uchun davlat tomonidan 6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!