Fransiyada «sariq nimchalilar»ning namoyishlari ketma-ket to‘rtinchi hafta — benzin narxi oshmasligi aniq bo‘lganidan keyin ham davom etmoqda

Fransiyada «sariq nimchalilar»ning namoyishlari ketma-ket to‘rtinchi hafta — benzin narxi oshmasligi aniq bo‘lganidan keyin ham davom etmoqda

Parijda noyabrdan beri davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari avvaliga benzin narxi oshishiga qarshi qaratilgan edi (va namoyishchilar bu masalada o‘z maqsadiga yetdi — narxlar oshmaydigan bo‘ldi), biroq keyinchalik bu Fransiya hukumati va prezidenti Emmanyuyel Makronga qarshi harakatga aylanib ketdi.

8 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi aksiya ham polisiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Polisiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan, 600 ga yaqin odamni qo‘lga olgan. Qo‘lga olingan kamida 34 kishining yonidan «niqoblar, bolg‘alar, rogatkalar va toshlar» topilgan.

Parijdagi namoyishlar arafasida metro stansiyalari, do‘konlar va muzeylar yopilgan edi. Shahar aholisiga zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilingan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!