Farg‘onada jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilgan hokimiyat vakili ishdan olindi

Farg‘onada jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilgan hokimiyat vakili ishdan olindi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida «Ma’rifat» gazetasining maxsus muxbiri Sharifa Madrahimovaning faoliyatiga to‘sqinlik qilib, jurnalistga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aytilgan hokimiyat vakili vazifasidan ozod etildi. Bu haqda «Daryo»ga tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, jurnalist Sharifa Madrahimova hamda tuman hokimi kotibi Shohjahon Mo‘ydinov bilan bog‘liq holat tuman hokimligi tomonidan batafsil o‘rganib chiqilgan.

Shohjahon Mo‘ydinov davlat idoralarida o‘rnatilgan kasb etikasi me’yorlarini buzganlikda ayblanib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

«Jurnalist Sharifa Madrahimova va hokimlik xodimi o‘rtasida yuz bergan holat tuman huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi va qo‘shimcha ma’lumot beriladi», — deyiladi tuman hokimligi axborot xizmatining rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalist va tuman hokimligi vakili o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani, bunga AOKA mas’uli munosabat bildirgani hamda Bosh prokuratura mazkur ish yuzasidan o‘rganishlar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!