Farg‘onada 10 kunlik chaqaloqning jasadi topildi

A A A
Farg‘onada 10 kunlik chaqaloqning jasadi topildi

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi Kichik Farg‘ona kanali bo‘yidan yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadi topildi. OAVda xabar berilishicha chaqaloq o‘lganidan so‘ng kanal bo‘yiga tashlab ketilgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra choyshabga o‘ralgan chaqaloqning jasadi joriy yil 2 yanvar kuni Oltiariq tumanidagi Qopcho‘g‘ay qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Kichik Farg‘ona kanali bo‘yidan topilgan. 10 kunlik chaqaloq bo‘g‘ib o‘ldirilgani va so‘ngra shu yerga tashlab ketilgani aytilmoqda.

Tekshiruvlar doirasida Farg‘ona ichki ishlar xodimlari tomonidan Oltiariq tumani va qo‘shni tumanlardagi barcha hamshira va akusherlar so‘roq qilingan.

Hozircha jinoyatning sabablari va boshqa ma’lumotlar aniq emas.

Everyday.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!