Etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi


Hukumat qarori (656-son, 25.10.2021 y.) bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga uy-joylar viloyat hokimliklari tomonidan bozordagi ko‘p kvartirali uylardan ajratiladi.

➡️ Bunda o‘quv-tarbiya muassasalari va tuman (shahar) hokimliklari bolalarni muassasada bo‘lish muddati tugashidan bir yil avval uy-joyga muhtoj sifatida “onlayn-navbat”ga kiritib boradi.

❗️Bolalarga 18 yoshga to‘lgan yilda:

➖ ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali;
➖ voyaga yetgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.

📌 Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga to‘lgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.

✅ Nizomga ko‘ra, uy-joylar tuman hokimligi tomonidan ajratilib, yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega holda topshiriladi.

🖥 Uy joy bilan ta’minlanish holati haqidagi ma’lumotlar har oyda yangilanadi va Xalq ta’limi vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtirib boriladi.

☑️ Uy-joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi order beradi va ushbu order berilgan uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi.

📋 Orderlar “onlayn-navbat” axborot tizimidagi qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi.

⚖️ Uy-joy order berilgan kundan 10 kundan kechikmay notarial rasmiylashtiriladi.

🔘 Qarorga ko‘ra shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan:

● yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi;

● yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olish “Vasiylik va homilik” elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi.

2022/2023 o‘quv yilidan “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida “Vasiylik” va “Homiylik” sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!