Estoniya bosh vaziri Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari bo‘ladi

Estoniya bosh vaziri Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari bo‘ladi

Evropa Ittifoqi yetakchilari Bryusseldagi sammitda ittifoqning kelasi besh yilga yetakchilikka nomzodlarini tasdiqladi.

Ursula fon der Lyayen Yevrokomissiya raisi bo‘lib qoladi, Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antonio Kosta Yevropa kengashi rahbari lavozimini egallaydi, Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas esa Josep Borrel o‘rniga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili bo‘ladi.

Kallasning aytishicha, uning tayinlanishi «geosiyosiy keskinlik davridagi katta mas’uliyat».

«Evropadagi urush, qo‘shnilarda [Evropa Ittifoqi bilan] va butun dunyoda kuchayib borayotgan beqarorlik Yevropa tashqi siyosatining asosiy muammolari», - deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!