Erondagi prezidentlik saylovining 2-turiga ikki nomzod o‘tdi

Erondagi prezidentlik saylovining 2-turiga ikki nomzod o‘tdi

Erondagi prezidentlik saylovining 2-turiga ikki nomzod o‘tdi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi saylov shtabining vakili Mohsen Eslamiyga tayanib Anadolu xabar bermoqda.

Ovozlarni sanash jarayoni tugallangan, mamlakat bo‘ylab ochilgan 59 ming saylov uchastkalarida 24 million 535 ming 185 ta saylov byulletenlari sanalgan.

Saylov byulletenlari sanab chiqilgach, Masud Pezeshkian 10 million 415 ming 191 ovoz to‘plab, 42,5 foizlik natija bilan yetakchi bo‘ldi. O‘z navbatida, konservativ qanot nomzodi Said Jaliliy 9 million 473 ming 298 nafar ovoz to‘plab, ovoz berishning birinchi bosqichini 38,6 foiz natija bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi. Muhammad Bag‘ir G‘olibaf 13,8 foiz bilan uchinchi, Mostafa Purmohammadi esa 0,8 foiz ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Shu tariqa, yagona islohotchi nomzod Pezeshkiyan va konservativ Jaliliy 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichiga yo‘l oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!